Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Marokash qirolini tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Qiroli Muhammad VIni mamlakat milliy bayrami – Qirol taxtga chiqqan kun munosabati bilan tabrikladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Matbuot xizmati xabar bermoqda.
30 iyulda Marokashda eng muhim milliy bayram - Qirol taxtga chiqqan kun nishonlanadi. 1999 yil Marokash qiroli Muhammad VIga aynan shu kuni tantanali ravishda toj kiydirilgan.
Toj kiydirilgan kunni eslatishidan tashqari, Qirol taxtga chiqqan kun Marokash qirolligining birligi va mustaqillik ramzi sanaladi.
Shu kuni mamlakat bo‘ylab harbiy paradlar o‘tkaziladi, bayramona musiqa ijro etiladi. Podshoh har yillik murojaat bilan chiqish qiladi.
Marokashning hozirgi qiroli 1963 yil 21 avgustda Rabot shahrida tug‘ilgan. Uning otasi - Hasan II vafot etganidan keyin, Muhammad VI o‘z sulolasidan 23-qirol bo‘ldi.
Mavzuga oid
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
11:41 / 25.04.2026
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
11:30 / 18.03.2026
Senegaldan Afrika chempionligi qaytarib olindi va Marokashga berildi
11:31 / 19.01.2026