Afrika futbol konfederatsiyasi sensatsion qaror qabul qildi – Afrika Millatlar kubogi çempioni tituli Senegaldan qaytarib olinib, Marokaşga berildi.

Kutilmagan qaror

17 mart kuni keçqurun Afrika futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida taşkilot apellyatsiya kengaşining bayonoti paydo böldi. Unga köra, kengaş Senegal jamoasiga 0:3 hisobida texnik mağlubiyat yozib, 120 daqiqalik uçraşuvda mağlubiyatga uçraganiga qaramay, Marokaşni Afrika Kubogi ğolibi deb e’lon qilgan.

«Afrika futbol konfederatsiyasi Apellyatsiya kengaşi bugun Afrika Millatlar kubogi qoidalarining 84-bandiga muvofiq Senegal jamoasining Marokaş bilan Afrika Millatlar kubogi final uçraşuvi natijalari bekor qilingani haqida qaror qabul qildi. Endi öyin natijasi 3:0 hisobida Marokaş foydasiga yoziladi», deyiladi bayonotda.

Marokaş qirollik federatsiyasining Afrika Millatlar kubogi reglamentining 82 va 84-moddalarini qöllaş böyiça apellyatsiyasi yuzasidan kengaş quyidagi qarorlarni qabul qilgan:

  • apellyatsiya maqbul deb topildi va qanoatlantirildi;
  • AFK intizomiy kengaşining qarori bekor qilindi (ilgari jamoalar muxlislar, öyinçilar, murabbiylar va öyinning boşqa iştirokçilarining nomaqbul xatti-harakatlari uçun jami 615 ming dollar jarimaga tortilgan edi);
  • apellyatsiya kengaşi Senegal jamoasining xatti-harakatlari uçun Afrika Millatlar kubogi reglamentining 82 va 84-moddalarini qöllaş mumkin deb hisoblaydi;
  • Marokaş qirollik federatsiyasining protesti qanoatlantirildi;
  • Senegal futbol federatsiyasi öz jamoasining xatti-harakati bilan Afrika Millatlar kubogi reglamentining 82-moddasini buzgan;
  • Afrika Millatlar kubogi reglamentining 84-bandiga muvofiq, Senegal jamoasiga 0:3 hisobida mağlubiyat yozildi;
  • boşqa barça iltimosnomalar rad etildi.

Sodda qilib aytganda, endi marokaşliklar rasman 2026 yilgi Afrika kubogining yangi ğoliblari hisoblanadi.

Bundan taşqari, öyin oxiridagi voqealar (VAR faoliyatiga aralaşuv, bolboylar soçiq öğirlaşi, muxlislar tomonidan lazer qöllanişi) tufayli turli tomonlarga 50 ming dollardan 100 ming dollargaça bölgan jarimalar qöllangan.

Finalda nimalar bölgandi?