«Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonun imzolandi. Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 28 iyunda ma'qullangan.

Uşbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarşi kuraşiş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.

Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonun hujjatlari uşbu Qonun va boşqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomasida Özbekiston Respublikasining ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boşqaça qoidalar belgilangan bölsa, xalqaro şartnoma qoidalari qöllaniladi.

Uşbu Qonunda quyidagi asosiy tuşunçalar qöllaniladi:

ekstremizm – ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlaştirişga, Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zörlik bilan özgartirişga, hokimiyatni zörlik işlatib egallaşga va uning vakolatlarini özlaştirib olişga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatişga qaratilgan harakatlarning aşaddiy şakllari ifodaci;

ekstremistik faoliyat – quyidagilarga:

Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini zörlik bilan özgartirişga, hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzişga;

hokimiyat vakolatlarini egallaşga yoki özlaştirişga;

qonunga xilof qurolli tuzilmalar tuzişga yoki ularda iştirok etişga;

terrorçilik faoliyatini amalga oşirişga;

zörlik yoki zörlik işlatişga oşkora da'vat qiliş bilan boğliq holda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatişga;

jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvçi materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etişga, şuningdek ekstremistik taşkilotlarning atributlarini yoki ramziy belgilarini tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etişga;

biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy adovat yoxud duşmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga oşirişga;

uşbu moddaning törtinçi – öninçi xatboşilarida körsatib ötilgan harakatlarni amalga oşiriş uçun oşkora da'vat qilişga qaratilgan harakatlarni rejalaştirişga, taşkil etişga, tayyorlaşga yoki sodir etişga doir faoliyat;