Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda soxta vaksina tayyorlagan kompaniya faoliyati fosh etildi
Foto: REUTERS
Xitoy hukumati «vaksina xavfsizligi» mojarosiga aralashib qolgan yakka tartibdagi shaxslar va firmalarga nisbatan qattiq jazo belgilanishini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, hukumat allaqachon ushbu mojaro markazida turgan vaksina ishlab chiqaruvchi Chansheng Biotexnologiyalar kompaniyasining 18 nafar xodimini hibsga olish to‘g‘risida buyruq chiqargan. Ular orasida kompaniya rahbari Gao Chunfang ham bor.
Gap shundaki, kompaniya laboratoriya ma'lumotlarini soxtalashtirish hamda samarasi yo‘q vaksinalarni sotishga urinishda ayblanmoqda. Shuningdek, kompaniya voyaga yetmaganlar uchun ishlab chiqarilayotgan psixikani tinchlantiruvchi vaksinani ham tayyorlashda soxtakorlikka yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
Bolalardagi difteriya, ko‘k yo‘tal va tetanus kabi kasalliklarga qarshi ishlatilayotgan vaksinaning 252,600 donasi sotuvga chiqarilgan aniqlandi. Ayni paytda ayblanuvchilarga nisbatan tergov ishi davom etmoqda.
Hukumat rasmiy xabariga ko‘ra, kompaniya aybi isbotlansa, xodimlarning barchasi jinoiy javobgarlikdan tashqari, bir umrga farmatsevtika sohasida ishlash huquqidan ham mahrum etiladi.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
18:24 / 22.05.2026