Jahon | 10:56 / 31.07.2018
5027
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Yevropada muhojirlarga ehtiyoj borligini ma'lum qildi

Foto: Bernadett Szabo/Reuters

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozep Borrelning ma'lum qilishicha, Yevropada aholi keksayishiga qarshi kurashish uchun «yangi qon» kerak. Shuningdek, uning bildirishicha, ayni paytda Afrikadan migratsiya bilan bog‘liq vaziyat ommaviy xarakterga ega emasdir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Biz «ommaviy» so‘zini oddiy narsa, deb hisoblamoqdamiz. Terminlarni ancha diqqatlik bilan tanlash kerak. Jamoatchilik migratsiyaning tizimsiz xarakteridan xavotirda, lekin haqiqat shuki, 600 kishi Iordaniya tomonidan qabul qilingan 1,3 million suriyalik qochqinlar bilan solishtirilganida ommaviy emas», - dedi Borrel Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Ayman as-Safadiy bilan uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida. 

Shuningdek, vazirning ta'kidlashicha, yil boshidan buyon Ispaniyaga Afrikadan 20 ming kishi kelgan. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, Ispaniya aholisi soni 40 milliondan ziyoddir. Borrelning qo‘shimcha qilishicha, Yevropaga «keksalar qit'asi»ga aylanmaslik uchun «yangi qon» kerak. U Yevropa aholisining soni o‘sishini tug‘ilishlar miqdori orqali ta'minlash mumkinligiga shubha bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid