Jahon | 09:24 / 31.07.2018
2153
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada bilyard klubi o‘qqa tutilishi tufayli 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: El Tiempo

Kolumbiyaning El-Tarra munitsipalitetidagi bilyard klubiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana uch nafar inson jarohat oldi. Bu haqda El Tiempo milliy politsiyaga tayanib xabar bermoqda.

Nashrdan aniqlik kiritishlaricha, noma'lum shaxslar mototsikllarda bilyard klubi binosiga kelib, u yerda bo‘lgan odamlarni o‘qqa tutgan. Ayni paytda hujum qilgan shaxslar buni nega sodir etganliklari noma'lum. Harbiylar va politsiyachilar jinoyatchilarni qidirmoqda.

2017 yilda Kolumbiyadagi tungi klubda granata portlashi oqibatida 30 kishi jarohatlangani xabar qilingandi. O‘shanda ulardan 11 nafari og‘ir ahvolda ekanligi qayd etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid