Jahon | 07:27 / 31.07.2018
4097
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada gepatit bilan kasallangan deyarli 13 ming bemorlar aniqlangan

Foto: Pixabay

O‘tgan yildagi holatlar sarhisob qilinib, Olmaota shahrida 12 ming 747 nafar kishida gepatit aniqlangani ma'lum qilindi. Bu haqda «Kazinform» axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, kasallikka chalinganlarning ko‘pchiligini katta yoshdagi kishilar tashkil etadi. Shunga qaramay, 237ta holatda gepatit kasalligi bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ham aniqlangan. 

 «Gepatit bilan kasallanish holati Olmatota shahrida mamlakat bo‘yicha eng yuqori darajada qayd etilmoqda. Shuning uchun, aholi orasida tibbiy savodxonlikni oshirish, targ‘ibotni kuchaytirish lozim, deb o‘ylaymiz», deydi Ijtimoiy-tibbiy sug‘urta jamg‘armasi Olmaota shahar filiali direktori Tleuxan Abildayev. 

Ta'kidlanishicha, 2017 yil davomida Qozog‘iston bo‘yicha 70 mingga yaqin kishida gepatit kasalligi mavjudligi ayon bo‘lgan, ulardan 5 ming 147 nafarida kasallik ilk marta aniqlangan.  

Butun dunyo bo‘yicha gepatitning B virusi bilan 250 million kishi kasallangan, gepatit S bilan esa 71 millionga yaqin kishi kurashadi. Gepatit bilan o‘lim topayotgan kishilarning 96 foizi  aynan shu ikki virus toifasi bilan kurashgani ma'lum.​

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid