Rahbar kim? U qanday axloqiy, irodaviy, intellektual sifatlarga ega bölmoği darkor? Aslida haqiqiy rahbar öz siymosini adolatparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik vositasida namoyon qiladi. Mamlakatimiz prezidenti Ş.Mirziyovning ta'biri bilan aytganda: «Bugungi rahbar xato qilişga haqqi yöq».
Ammo bugungi kun rahbari bilimsiz, zehnsiz, qörqoq, johil, idroksiz, yolğonçi, vafosiz, yuraksiz, kibrli, fe'li buzuq, loqayd, boqibeğam, tanbal, landovur, nodon va nafsining quli bölsa, korxonaning kelajagi qanday böladi?
«Rahbar yaxşi bölsa, el tuzar, rahbar yomon bölsa, el tözar», deydi xalqimiz. Ba'zan rahbarlik kursisi sub'yektiv sabablarga köra beburd, loqayd, nodon, johil, idroksiz, kibrli odamlarga ham nasib qiladi. Bu toifadagi rahbar lavozimda turganida — aziz, undan tuşganida ortiqça odamga aylanadi. Undaylarni xalq bağridan itqitadi, undan qutilganiga şodlanadi. Çunki u lavozimda turganida xalqqa xizmat qilmay, jamoani öziga xizmatkor qilib olgan böladi... Ming afsuslar bölsinkim, bugungi kunda ham el tözar rahbarlar jamiyatimizda oz emas.
Haqiqiy rahbar esa yomonlikdan ham, yaxşilikdan ham ustun turoladi. Jonboz, vatanparvar, işbilarmon, taşabbuskor rahbar uçun adolat, Vatan manfaati ong va qalbining şuuriga aylangan böladi.
Men bu jarayonda har qanday odam korxonani boşqarişi mumkin, deb aytayotganim yöq. Agar şunday bölganida edi, rahbarlikning mazmuni yöqolgan bölardi. Har birimiz rahbar bölişimiz mumkin, ammo korxonaning xodimlari bir xil iş bilan maşğul emas. Mabodo korxonaning har bir xodimi öz işi bilan şuğullanmasa, işda boşboşdoqlik sodir bölişi tayin.
Şu bois, Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov özining «Daftar hoşiyasidagi bitiklar» kitobida ajoyib bir tanbehni yozadi: «Har kim öz aravasini tortsa... Har kim öz yumuşini bajarsa, olam – guliston. Sartaroşni suvoqçi qilib qöysangiz, devorga sovun köpigi surtadi. Etikdözni sartaroş qilsangiz, odamning boşiga mix qoqadi...»
Izzattalab, manman, loqayd rahbar tomonidan korxonadagi haqiqiy liderlarga özlarini namoyon qilişlariga imkoniyat bermaslik, ularning yaratuvçanlik ğoyalarini inobatga olmaslik heç qanday yaxşilikka olib kelmaydi.
Jamoaga haqiqiy lider yetakçilik qilmasa, munosabatlarda alğov-dalğov va çalkaşliklar sodir böladi, işlab çiqarişda samaradorlik pasayadi. Şu bois Kaykovus özining «Qobusnoma»sida yozadi: «Ey farzand... Heç odamdin xizmatni dariğ tutmağil va lekin har kişiga iş buyursang, öziga munosib işni buyurğil, nomunosib işni buyurmağil, undoqkim, farroşlikka munosib odamga şarobdorlikni buyurmağil, şarobdorlikka munosib kişini xazinador qilmağil. Alqissa, har kişiga har işni buyurib bölmas. Agar iş bilmağon kişiga bir işni buyursang, u kişi öz manfaati uçun bu işni bilmasliğin aytmasa, ul iş durust va foydali bölmağusidur. Bas, işni bilğon odamga buyurğil, toki dardisarlikdin qutulğon bölğaysen... Agar bir nodonga xizmat buyursang, öz nodonliğingga guvohlik berğon bölursan».
Haqiqatdan ham jamiyatimizda keyingi 15–20 yil davomida istaymizmi-yöqmi, ma'lum bir yaralar paydo böldi. Men mamlakatimiz rivojlanmadi, hamma narsa orqaga ketdi, demoqçi emasman. Ötmişga toş otiş, maddohlik qiliş niyatim ham yöq. Ammo keyingi yillarda ba'zi sohalarda «men boşliq sen ahmoq; sen boşliq, men ahmoq» prinsipi hayotimizda ustunlik qildi.
Butun dunyo xalqlari öz tafakkurini Kaykovus ğoyalari bilan boyitib, ufqqa intilayotgan bir paytda bizning yuqori martabadagi ba'zi rahbarlarimiz Kaykovus nasihatlarini unutdi. Oqibatda, maktab hayotidan yiroq, umrida sinfga kirib bir soat dars ötmagan odamlar maktab direktori, tuman, şahar, viloyat xalq ta'limi bölimi mudiri, hatto xalq ta'limi vaziri lavozimigaça kötarilişdi.
Quriliş sohasiga mutlaqo aloqasi bölmagan huquqşunoslar, sobiq prokurorlar quruvçiga, qişloq xöjaligi sohasining köçasidan ham ötmagan sobiq içki işlar xodimlari fermerlarga aylanişdi. Natijani körib turibsiz: prezidentimiz aytganidek, bugungi kunda kollej öquvçisi ariza yozolmaydi, oliy ta'limda ilmiy salohiyat sezilarli darajada pasaydi.
Işonçim komilki, hozir men sizlarga aytayotgan fikrlar haqiqatan ham jiddiy ijtimoiy muammodir. AQŞdagi ijtimoiy fikrlarni örganadigan nufuzli Gellap instituti olimlarining tadqiqotlariga qaraganda, xodimlarning işdan böşab ketişlariga boş sabab, eng avvalo, maoşning kamligi emas, balki nönoq rahbarlarning nodonligi, loqaydligi, izzattalabligi oqibatida xodimlarini yetarliça qadrlanmasliklari, faoliyatidagi yutuqlari uçun minnatdorçilik bildirilmasligi ekan. Rahbarning beburdligi, manmanligi, qöpolligi, iğvogarligi, axloqsizligi oqibatida eng yaxşi xodimlarni ham işdan ketib qolayotganini, taşabbuskor, yaratuvçan şaxslarning tuhmat bilan işdan haydalayotganini köpçiligimiz şaxsiy tajribamizda kuzatganmiz.
Haqiqiy rahbar korxonada xodimlarni rağbatlantiriş, qöllab-quvvatlaş, ibrat böliş, ruhiy tarbiyalaş orqali ularning ma'naviy rivojlanişiga şaroit yaratadi. Korxonada xodimlarni qadrlaş — ruhiy barqarorlikni ta'minlaydi, işda boşboşdoqlikka barham beradi. Xodimni qadrlaş — işdan ketiş kayfiyatida bölgan eng yaxşi xodimlarni saqlab qolişga imkon beradi va yangi işçan xodimlarni işga jalb qilişga ruhiy muhit yaratadi. Bu ajoyib emasmi?
Har bir rahbar işda özining mehnatsevarligini, taşkilotçilik qobiliyatini namoyon qilişi, boşqalarni rağbatlantirib turişi şart. Albatta, korxonada xodimlarni boşqariş, rağbatlantiriş, ortingizdan ergaştiriş uçun avvalo, ularga özingiz namuna bölişingiz kerak böladi. Boşqalarga namuna böliş uçun sizga bilim, könikma va amaliy malakalar juda zarur.
Ming afsuslar bölsinki, bugun korxonada bizga namuna bölişi şart bölgan rahbarning özi biror sohada xodimiga örnak bölolmayotgan, jamoada ruhiy muhitni buzayotgan fitnaçi bölsa, dardimizni kimga aytamiz? Aslida, biz rahbardan ibrat olişimiz kerak. Afsuski bugun deyarli barça sohalarda ham ba'zi rahbarlarning xodimlariga örnak bölolmayotganiga guvohmiz.
Prezident Ş.Mirziyoyev respublikamiz böylab piyoda yurib, xalq orasida ularning dardini, muammolarini örganadi, joyida yeçim topadi, ammo ba'zi yuqori lavozimlardagi rahbarlar muammoni kabinetida hal qiladi.
Oddiygina misol: örta umumiy ta'lim maktabida oddiy fan öqituvçisi sinfga kirib öquvçilarga dars ötadi. Ammo, ba'zi maktab direktorlari sinfga kirib, dars ötmaydi. Litsey va kollejlarda ham fan öqituvçisi öquvçilarga dars beradi, lekin ba'zi kollej direktorlari dars bermaydi. Oliy öquv yurtlarida assistent auditoriyaga kirib dars ötadi, ammo köpçilik rektorlar auditoriyaga kirmaydi, özlari dars ötib, xodimlariga namuna böla olmaydi.
Bundan 400 yil oldin yaşab ötgan ingliz faylasufi Frensis Bekon: «Men odamlarni ilm-fanning asl maqsadini yodda saqlaşga çaqiraman. Toki ular ilm-fan bilan öz mansablari, ilmiy bahslar, özgalarni mensimaslik, şon-şuhrat, şaxsiy manfaatlari yoki boşqa tuban maqsadlar uçun emas, balki bu bilimlardan hayotga foyda va manfaat yetişi uçun şuğullansinlar», degan edi.
Mening nazarimda bugun bizda odamlar mansabga iliniş, manfaat ilinjida doktorlik dissertatsiyalari yozayotganga öxşaydi. Himoyani qilib olişi bilan mansabga intiladi. Doktorlik ilmiy darajasi göyoki ularni auditoriyaga kirişdan ozod qilgan xujjatga öxşaydi. Mana bugungi ahvol!
Har qanday rahbar: yuriş-turişda ham, ilmiy-tadqiqotda ham, kitob öqişda ham, husnixatda ham, taşkilotçilikda ham, mehr-şafqatda ham qöl ostidagi xodimlariga örnak bölsa edi, natija mutlaqo boşqaça bölardi. Agar çöntagingizda bir tiyiningiz bölmasa, gadoyga bir sömni qayerdan berasiz!?
2018 yil 22 iyul kuni «Rektorlar poraxörlikka qarşi!» Özbekiston tarixida ilk bor oliy ta'lim muassasalari rahbarlari abituriyentlarga, ularning ota-onalariga murojaatnoma yölladi. Unda: «Har işda halol va vijdonan yöl tutiş, oliy ta'lim muassasalarini haqiqiy ma'noda ma'rifat va halollik maskaniga aylantiriş, şuningdek, bu yilgi qabul jarayonlarini şaffof, adolatli va halol ötkazişga va'da beramiz», deyilgan.
Ammo u yerda biror rektor: «Men rektor sifatida öquv jarayonida hammaga ibrat bölaman, özim auditoriyaga kirib leksiya öqib, qöl ostimdagi professor-öqituvçilarga ilmda va voizlikda namuna bölaman. Şu yusinda mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlaşga salmoqli hissa qöşaman, xodimlarimni ortimdan ergaştiraman», degan gaplar yöq.
Qaçonki oliy öquv yurtlarining rektorlari, prorektorlari, dekanlari qöl ostidagi xodimlariga barça sohalarda namuna bölmas, auditoriyaga kirib özlari dars ötmas ekan, ta'limda özgariş bölmaydi, bizlar joyimizda depsinib turaveramiz.
Muhtaram Rektor! Özingiz qöl ostingizdagi xodimingizga axloqda, işbilarmonlikda, taşabbusda, tafakkur va farosatda namuna böla olmasangiz, korxonaga qanday rahbarlik qilasiz? Qay usulda malakali mutaxassislar tayyorlaysiz? Sizlar murojaatingizda ta'kidlaganingizdek, oliy ta'lim muassasangizni haqiqiy ma'noda ma'rifat va halollik maskaniga aylantiriş uçun avvalo özlaringiz boşqalarga örnak bölişingiz kerak böladi. Ammo bunday harakat, jonbozlik sizlar tomonlaringizdan sezilmayapti.
Agar har bir rektor öz faoliyatida taşabbuskor bölsa, korxona salohiyati, xodimlar obröyini kötarişga şaxsan hissa qöşsa, doimo fidoyi bölsa, işonamanki, öşandagina, albatta, natija böladi. Bilib qöying, har birimiz – lidermiz. Ammo, hamma rahbarlar bir xil emas.
Isroil XAYRIYeV,
SamDU dotsenti











