Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand Britaniyadan sobiq bosh vazir Yinglak Chinavatni ekstraditsiya qilishni so‘radi
Tailand Buyuk Britaniyadan sobiq bosh vazir Yinglak Chinavatni ekstraditsiya qilishni rasman so‘radi, deb xabar berdi Bangkok Post gazetasi.
Nashr Tailandning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan Britaniya hukumatiga yo‘llangan maktubining nusxasini chop etdi.
«Tailand qirollik hukumati topshirig‘i va Siam qirolligi hamda Buyuk Britaniya o‘rtasida 1911 yilda tuzilgan qidiruvdagi jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq elchixona hozirda Buyuk Britaniyada yashayotganligi aniqlangan Tailand fuqarosi Yinglak Chinavat xonim ekstraditsiya qilinishini so‘raydi», — deyiladi maktubda.
Yinglak Chinavat 2017 yil sentabrda hukumatning guruch bo‘yicha dotatsiya dasturini amalga oshirishda yirik miqdorda byudjyet mablag‘larini isrof qilishda ayblanib Tailand oliy sudi tomonidan 5 yil muddatga sirtdan ozodlikdan mahrum qilingandi.
Sobiq bosh vazir mamlakatni 2017 yilning avgust oyi oxirida tark etgan.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026