Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh yana bir davlat bilan strategik muloqotni boshlagani haqida ma'lum qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakatlar yangi strategik muloqotni boshlashi haqida aytdi. AQSh prezidentining so‘zlari RIA Novosti tomonidan keltirilgan.
«Bugun bosh vazir Konte va men Italiya hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi yangi strategik muloqotni e'lon qilishdan mamnunmiz. U bir qator masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi», - dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiya O‘rta Yer dengizida xavfsizlik sohasidagi yetakchi o‘rinni egallab turibdi va shu bois mamlakat harakatlari Liviya va shimoliy Afrikadagi vaziyatni barqarorlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp «qichqirayotgan jurnalistlar»ni jazolamoqchi bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026