Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Yevroittifoq AQShdan suyultirilgan gaz uchun 11ta portni qurishga tayyorligini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Trampning Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bilan uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari Qo‘shma Shtatlardan suyultirilgan tabiiy gazni qabul qilish uchun 9-11ta portni qurishga tayyor turibdi. Matbuot anjumani videosi CBS News’ning YouTube’dagi kanalida e'lon qilindi.
«Biz Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan Yevropada suyultirilgan tabiiy gazni qabul qiladigan 9-11ta portni qurish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilib bo‘lganmiz», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Shu bilan birga, Kontening ta'kidlashicha, AQSh prezidenti bilan Italiya va janubiy Yevropa davlatlariga gaz yetkazib berishni ta'minlaydigan Transadriatik quvurini qurish masalasini muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoq AQShdan suyultirilgan gaz importini keskin oshirishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026