Tunis aeroportidagi ish tashlash bekor qilindi
Tunis xalqaro aeroporti xodimlari shu haftada o‘tkazilishi rejalashtirilgan «ish tashlash»ni bekor qilinayotganini bildirdi.
Reuters xabariga ko‘ra, aeroport kasaba uyushmasi hukumat bilan xodimlarning ish sharoitini yaxshilash bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Tunisga tashrif buyuruvchi sayyohlar ko‘payishi kutilayotgan bir pallada aeroport xodimlari og‘ir ish sharoitidan norozi bo‘lib, bir hafta ish tashlashni e'lon qilgandi. Shuningdek, shu haftada «Haj» safariga otlangan tunislik fuqarolar ham aeroportda qo‘shimcha ish kuchini talab qilardi.
Tunisdagi iqtisodiy ahvolni uncha yaxshi deb bo‘lmaydi: Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan erishilgan kelishuv qat'iy talablar ustida amalga oshirilgan. Hukumat shishib ketgan davlat xarajatlari tufayli aeroport ishchilarining maoshini oshira olmasligini aytmoqda.
Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatga 3 millionga yaqin turist tashrif buyurgan. 2015 yili Tunisdagi ekstremistlar tomonidan o‘ldirilgan ikki nafar xorijiy sayyoh voqeasidan so‘ng, mamlakatga tashrif buyuruvchilar soni ham keskin kamaygandi.
Mavzuga oid
00:51 / 06.11.2024
Boeing xodimlari ish tashlashni to‘xtatdi va korporatsiyaning yangi shartlarini qabul qildi
17:13 / 30.10.2024
BMW, Mercedes, Porsche va boshqa nemis kompaniyalarida umummilliy ish tashlash boshlandi
23:10 / 12.10.2024
Boeing ish tashlashlar fonida 17 ming ish o‘rnini qisqartiradi
00:20 / 22.09.2024