Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vitse-prezidenti yangi agentlik tashkil etishga chaqirdi. U Rossiya bilan shug‘ullanadi
Nyu-Yorkdagi kiberxavfsizlik bo‘yicha forumda nutq so‘zlagan AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning ma'lum qilishicha, Rossiya 2016 yilda AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga aralashgan. U shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish uchun maxsus idora tashkil etishga chaqirdi. Bu haqda CNBC telekanali xabar bermoqda.
«Gap shundaki, Rossiya 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashgan. Bu bizning razvedkaning aniq xulosasi. Uni, AQSh prezidenti Donald Tramp aytganidek, biz qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi Pens.
U Rossiya tomonidan kiberhujumlar nafaqat AQSh siyosatiga, balki iqtisodiyotiga ham qaratilganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yildagi Rossiyaning kiberhujumi yirik kemasozlik shirkatiga 400 million dollarga tushgan. Pensning qo‘shimcha qilishicha, 2016 yilda AQShning kiberhujumlardan ko‘rgan zarari 109 milliard dollarni tashkil etdi.
Vitse-prezidentning qayd etishicha, Tramp ma'muriyati kongressdan kiberxavfsizlik uchun «rekord» 15 million dollarni so‘radi, biroq, shu bilan birga, uning ma'lum qilishicha, AQShga kibertahdidlardan himoyalanish uchun maxsus agentlik talab etiladi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026