Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va Rossiya o‘ta og‘ir raketa yaratishni rejalashtirgan
Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi Aerokosmik qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, Qozog‘iston kosmik agentligi Rossiya bilan birgalikda o‘ta og‘ir raketani ishlab chiqishda ishtirok etadi. Bu haqda RIA «Novosti» «Kazkosmos»ga asosan xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, raketa bo‘yicha qo‘shma ish Boyqo‘ng‘ir kosmodromidagi hamkorlik konsepsiyasida nazarda tutilgan.
«Kelgusidagi hamkorlikning tasdiqlangan konsepsiyasiga muvofiq... Qozog‘iston va Rossiyaning birgalikdagi kosmik loyihalari asosiy istiqbolli yo‘nalishlari sifatida o‘ta og‘ir sinfdagi kosmik raketa kompleksini yaratish belgilangan», - deyiladi Kazkosmos xabarida.
Shuningdek, Qozog‘istonda Rossiya bilan kichik sun'iy yo‘ldoshlarni uchirish uchun o‘ta yengil raketa va Boyqo‘ng‘irda raketa texnikasi ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni joylashtirish borasida birgalikda ishlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026