Jahon | 11:53 / 01.08.2018
14557
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar jazirama issiq tufayli o‘lim holatlari soni 5 barobarga ko‘payishini taxmin qilishdi

Foto: FREDERIC J. BROWN/AFP/GETTY IMAGES

Melburndagi Avstraliya Monash universiteti olimlari 2080 yilga kelib tropik va subtropik mintaqalarda jazirama harorat tufayli yuz beradigan o‘lim holatlari soni deyarli besh baravar ko‘payishi haqidagi xulosalarga ega tadqiqotni e'lon qilishdi.

Olimlar jazirama issiq tufayli yuz beruvchi o‘lim holatlari sonini baholash uchun 2031-2080 yillarda 20ta davlatni qamrab oluvchi model ishlab chiqdilar. Ular qazib olinuvchi yoqilg‘ini yoqishda atmosferaga chiqariluvchi parnik gazlar hajmini, mintaqalardagi aholi zichligi va jazirama oqibatlarini yumshatish bo‘yicha turli strategiyalarni hisobga olgan.

Eng umidsiz ssenariyga ko‘ra, Avstraliyaning Brisben, Sidney va Melburn shaharlarida yuqori harorat tufayli muntazam ravishda ko‘payib borayotgan noqulay ob-havo sharoitlaridan o‘lim holatlari soni 1971-2010 yillarga nisbatan 471 foizga ko‘payadi. Shuningdek, o‘limlar soni Hindiston, Gretsiya, Yaponiya va Kanadada ortadi.

Mavzuga oid