Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SamDU o‘qituvchisi pora bilan ushlandi
Samarqand viloyati IIBga fuqaro A.G. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida Samarqand davlat universitetida ishlovchi “O‘tkur O‘tanov” ismli shaxs G.N. va qarindoshi X.R.ni test imtihonlaridan o‘tkazib berishni hal qilish evaziga har biridan 6000 AQSh dollaridan, jami 12.000 AQSh dollari pullarini berishni talab qilayotganligini ma'lum qilib, unga nisbatan chora ko‘rishini so‘ragan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur arizaga asosan, 2018 yil 31 iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda davomida Samarqand davlat universiteti kasbiy ta'lim fakulteti o‘qituvchisi lavozimida ishlovchi, 1974 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Samarqand viloyat Kattaqo‘rg‘on tuman Moybuloq qishlog‘ida yashovchi O‘tkur O‘tanov tanishi vositachiligida Samarqand shahar, Rudakiy ko‘chasi 116-uy oldida O‘.O‘tanov ariza muallifi S.Ismatovadan 12.000 AQSh dollarini miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 26.02.2026
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
14:42 / 25.02.2026
Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbo‘tayev 11 yilga qamaldi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
21:35 / 18.02.2026