O‘zbekiston | 23:54 / 01.08.2018
7377
3 daqiqa o‘qiladi

Vaqf qilingan kitoblar Andijon viloyatidagi masjidlarga yetkazildi

30-31 iyul kunlari «Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi» doirasida Andijon viloyatining Baliqchi, Andijon, Xo‘jaobod, Buloqboshi tumanlaridagi 41 ta masjidga jami hisobda 50 mln so‘mlik 1681 ta kitob yetkazib berildi.

Masjidlarning har biriga «Qur'oni karim», shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, «Odoblar xazinasi» to‘plami, «Islom tarixi» to‘plami, «Hadis va hayot» kitobidan 9 ta juz, «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq», «Zikr ahlidan so‘rang» kitobining 5-qismi, «Oltin silsila» 4, 6-juzi, «Iymon«, «Ochiq xat» kitoblari, shu bilan birgalikda masjid ahli uchun kerakli deb hisoblangan «O‘kinma», «Yengil amallar», «Hanafiy fiqhidan savol-jaovblar», «Dunyo va din odobi», «Til ofatlari», «Umrning bir lahzasi», «Baxtli hayot sari», «G‘iybat o‘zi nima?», «Hazrati Nuhning kemasi va to‘fon voqeasi», «Muallimi soniy», «Men ham namoz o‘qiyman», kabi kitoblar Alloh yo‘lida vaqf mulki qilib berildi.

Buloqboshi tumanida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining padari buzrukvorlari 40 yildan oshiq vaqt davomida imomlik qilgan masjidga ham tashrif buyurdik. Ushbu masjidga ham vaqf qilingan kitoblar berildi.

Eslatib o‘tamiz, To‘plangan mablag‘lar evaziga viloyatlardagi masjidlarga kitoblar olinadi va Alloh yo‘lida vaqf qilinadi. Hozirgi kungacha 133 ta masjid ulamolar tomonidan yozilgan eng sara asarlar bilan ta'minlandi. Siz ham ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlang!

Pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):
8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)
Murojaat uchun telefon:
+998909074554 (Shavkatbek)
+998974490456 (Temurbek)

Mavzuga oid