Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Falastin tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yil 1 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga tashrif bilan kelgan Falastin davlati delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan tashqi ishlar va ekspatriantlar vaziri Riyod al-Malikiy bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Turli darajadagi muntazam O‘zbekiston – Falastin muloqotining davomi sifatida vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va mustahkamlash istiqbollarini batafsil muhokama qildilar.
Suhbat chog‘ida ta'kidlanganidek, ikki tomon ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishdan birdek manfaatdor va bu uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni izlab topishga tayyor.
O‘zbekiston tomonining Falastin xalqi bilan uning o‘z suveren davlatini tashkil etish intilishlari borasida birdamligi va Falastinning Yaqin Sharqdagi mojarolarni tinchlik muzokaralari o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf etish bo‘yicha sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi muzokaralar davomida e'tirof etildi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari dolzarb kun tartibining boshqa masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuvda Falastin elchisi Muhammad Tarshahani ishtirok etdi.
Mavzuga oid
17:42 / 07.04.2026
Tinchlik kengashi Hamasdan tez orada qurolsizlanishni talab qilmoqda
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
09:15 / 24.02.2026