Jahon | 11:06 / 02.08.2018
7433
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya bosh vaziri tug‘ruq ta'tilidan so‘ng ishga qaytdi

Foto: AFP / Marty Melville

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern tug‘ruq ta'tilidan so‘ng o‘z vazifasini bajarishga qaytdi, deb xabar berdi TVNZ telkanali.

U qiz farzand ko‘rganidan so‘ng olti haftalik tug‘ruq ta'tiliga chiqqandi. Uning o‘rinbosari Uinston Piters vaqtincha bosh vazir vazifasini bajarib turdi.

Piters kecha Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Singapurga jo‘nab ketgan.

Bosh vazir shu yilning yanvarida homilador ekanligini e'lon qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid