Vazirlar Mahkamasi “Baliqçilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi va “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasining Özbekiston Fanlar akademiyasi Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-işlab çiqariş markazi tizimidagi Baliqçilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillaştiriş hamda xorijiy mamlakatlarning yetakçi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.
Quyidagilar Baliqçilik ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:
baliqçilik tarmoğida ilmiy-tadqiqot işlarining strategik yönalişlarini va sohadagi mavjud muammolarni hal etişga qaratilgan istiqbolli tadqiqot mavzularini belgilaş;
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar asosida baliqçilik sohasini jadal rivojlantiriş yuzasidan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oşiriş;
sohada seleksiya-naslçilik işlari, baliqlarni oziqlantiriş, şuningdek, baliqlar kasalliklarining oldini oliş va ularni davolaş tadbirlarini amalga oşiriş böyiça uslubiy va amaliy tavsiyalar işlab çiqiş;
intensiv texnologiyalar asosida, jumladan, qafas moslamalarida, yopiq aylanma suv tizimida, oqar suv basseynlarida, suğoriş tarmoqlari va daryo böylarida baliq yetiştirişning innovatsion usullarini işlab çiqarişga keng kölamda tatbiq etiş;
baliqçilik tarmoği uçun kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişda iştirok etiş, sohaga oid seminar va treninglar ötkaziş;
yangi innovatsion texnologiyalarni işlab çiqiş va joriy etiş böyiça xorijiy mamlakatlarning yetakçi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş.
Quyidagilar Baliqçilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy filiallarining faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:
Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oşiriş uçun ajratiladigan mablağlar;
“Özbekbaliqsanoat” uyuşmasining Baliqçilikni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan baliqçilik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar uçun ajratiladigan mablağlar;

















