Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish loyihasi amalga oshiriladi
“O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasining asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
🔹2025–2029 yillar davomida zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab qurish va 72 mingtadan ziyod qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarini yaratish orqali sohadagi navbatlilik koeffitsiyentini kamaytirish;
🔹kamida 500 nafar nogironligi bor o‘quvchilar uchun inklyuziv ta’lim sharoitlarini yaratish;
🔹davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, kompetensiyalarga asoslangan ta’lim tamoyillarini joriy etish, laboratoriya mashg‘ulotlarini STEM standartlariga muvofiq tashkil qilish;
🔹xalqaro talablar va yondashuvlar asosida 36 ming nafar pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishini ta’minlash, malaka oshirishning “aralash o‘qitish” modelini joriy qilish.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026