23:10 / 02.08.2018
132371

DTM saytida test natijalari e'lon qilinmoqda

1 avgust kuni o‘tkazilgan test sinovlari natijalari Davlat test markazining dtm.uz saytida e'lon qilina boshlandi.

Ayni vaqtda abituriyentlar saytga javoblar varaqasi raqamini kiritib, o‘z natijalarini bilib olmoqda.

O‘qishga kira olmaganlarga «TAVSIYA ETILMAGAN» degan yozuv chiqmoqda.

Kimda so‘roqlar belgisi paydo bo‘lsa, o‘sha abituriyent talaba bo‘lganini anglatadi.

Ma'lum bo‘lishicha, birinchi kun natijalariga ko‘ra davlat granti bo‘yicha eng yuqori ball 223,5 ballni tashkil etdi (Yuridik universitetda), to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish balli esa 176,7 ballga teng bo‘ldi (bu Yuridik universitetda kontraktning birinchi o‘rnida turgan abituriyentning balli, kontraktga kirish balli esa pastroq bo‘lgan). 

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57ta binoda 23ta oliy ta'lim muassasalarining 154ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 58 985 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 393 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 255 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 434 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.

Ayni vaqtda DTM saytiga kirish ko‘paygan. Lekin sayt barqaror ishlamoqda. Saytning ishlashini ikki guruh kuzatib turibdi.

Mavzu
Test-2018
1 avgustdan 15 avgustga qadar O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi imtihonlar avvalgi yillardagidan keskin farq qiluvchi formatda tashkil etilgan, xususan, test savollari 36ta emas, 30tadan, abituriyentlar esa natijalarni imtihonning keyingi kuniyoq bilishlari mumkin
Barchasi
Mavzuga oid
Top