Davlat test markazi xabariga köra, abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan ötkazib, pasport ma'lumotlari, doimiy yaşaş manzili va tugatgan ta'lim muassasasi böyiça ma'lumotlarni kiritişlari, şuningdek, imtiyozlari mavjud bölsa, ularni tekşirişlari hamda çet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bölsa, sertifikat ma'lumotlarini kiritişlari mumkin.
Ta'lim yönalişlarini esa 2021/22 öquv yili uçun OTMlarga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan söng tanlaş mumkin böladi.
Abituriyentlarni röyxatga oliş Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oşiriladi.
Röyxatga oliş 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi. Unga qadar abituriyentlar öz ma'lumotlarini özgartirişlari hamda çet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega böladigan bölsa, sertifikat ma'lumotlarini kiritişlari mumkin.













