Dunyoda ikki davlat örtasida joylaşgan köplab şaharlar bor. Ular daryolar, köpriklar yoki beton devorlar bilan ajratilgan. Biroq Gollandiya-Belgiya çegarasidagi Barle şahri – juda özgaça joy.

Şaharning Belgiyadagi qismi - Barle-Xertog munitsipaliteti – Gollandiya içidagi anklav, Belgiya çegarasidan 5 kilometrda joylaşgan. Uning hududida esa «ikkinçi tartibdagi» Gollandiya anklavlari joylaşgan. Şaharning Gollandiya qismi Barle-Nassau degan nomga ega.

Gollandiya-Belgiya çegarasi bu yerda şunçalik qiziq şaklga egaki, u heç qanday daryolar yoki tabiiy tösiqlarga qaramaydi, biroq har doim ham köçalar böylab ötmaydi: uylarni turli qismlarga ajratadi, köça örtasi, boğlar yoki uyning içida keskin burilişlar qiladi.

Mana uy, bu yerda çap tomondagi kiriş qismi – Gollandiyada, öng tomondagisi – Belgiyada. Qaysi pod'yezda qaysi mamlakatda ekanini tuşuniş uçun, raqamlar turli rangga ega: qizil-oq-kök – Gollandiyada va qora-sariq-qizil – Belgiyada.

Foto: 2f.ru


 

Bu yerda Belgiya va Gollandiya örtasidagi çegara juda murakkab: Belgiya hududi 22ta alohida qismlardan iborat, ularning içida 7ta Gollandiya anklavi bor. 

Biroq bu nafaqat 2 turli davlat, balki ikkita har xil munitsipalitet ham: Belgiya şahri Baarle-Hertog deb ataladi, Gollandiya - Baarle-Nassau.

Foto: 2f.ru

 Murakkab çegara 1200-1650 yillarda flamand feodallari örtasidagi yer savdosi va qarama qarşiliklar tufayli yuzaga kelgan. 1648 yilda esa bu yerlar turli flamand davlatlari tarkibiga kirdi: mustaqil Şimoliy yerlar va Ispaniya istilosi ostidagi hozirgi Belgiya hududi. 1830 yildagi inqilob va 1843 yilda hozirgi Belgiya taşkil etilganidan söng, çegara demarkatsiya qilindi.

Çegarani belgilaş uçun ba'zi joylarda krestça körinişidagi alohida belgilar bor