Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyalik yetakchi mutaxassislar Andijonda aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda
Koreya Respublikasining Ewha Womans University gospitali 27 nafar malakali terapevt, urolog, dermatolog, pediatr, ginekolog, laborant, farmatsevt shifokorlari, tibbiyot hamshiralari va tibbiyot xodimlari 2-4 avgust kunlari aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurishdi.

“Sog`lom avlod uchun” fondi bir qator xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hukumatimiz qarorlari hamda Davlat dasturlari ijrosini ta'minlash, bemor va nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida ana shunday loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.



Tashrif davomida koreyalik mutaxassislar Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, tibbiyot sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida o‘zaro fikrlar almashishadi.Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan mutaxassislarga barcha shart-sharoit yaratib berilgan. Birinchi kunning o‘zida horij shifokorlari 100 nafarga yaqin bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazdilar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bemorlarga dori-darmon va sanitariya-gigiyena vositalarini bepul tarqatilmoqda.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026