Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Tesla Xitoyda zavod qurmoqchi ekanligi haqidagi xabarlardan so‘ng AQSh kompaniyalariga murojaat qildi
Foto: AP Photo / Andrew Harnik
Oq uy Tesla kompaniyasining Xitoyda zavod qurishni rejalashtirgani haqidagi xabarlarni izohlamaydi, ammo Amerika kompaniyalarini AQShga investitsiya kiritishga chaqiradi.
"Biz barcha Amerika kompaniyalar shu yerda investitsiya kiritishlarini istardik. Men Tesla haqida gapiryapman, ammo barcha kompaniyalarni shu yerda, Amerikada zavod qurishga, shu yerda investitsiya kiritishga chaqiramiz", — dedi AQSh prezidentining matbuot kotibi Sara Sanders.
U Xitoyni yana bir bor halol bo‘lmagan savdoda aybladi va AQSh kompaniyalarini "bunday mamlakatlar bilan nosog‘lom hamkorlik" qilmaslikka chaqirdi.
Avvalroq Blumberg agentligi Amerikaning Tesla kompaniyasi Xitoyda zavod qurish uchun besh milliard dollar ajratishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.
Iyul o‘rtalarida OAV Tesla Shanxay hukumati bilan bu shaharda yiliga 500 mingtagacha avtomobil ishlab chiqaradigan zavod qurish bo‘yicha kelishuv imzolaganini xabar qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Tesla 2020 yildan Shanxay yaqinida Model 3 elektromobillarini chiqarishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:58 / 03.01.2026
BYD sotuvlar hajmi bo‘yicha Tesla'dan o‘zib ketdi
16:06 / 01.12.2025
Oq uy saytida OAV uchun “sharmandalar zali” ochildi
08:30 / 27.11.2025
Oq uy yaqinida otishma: afg‘onistonlik muhojir milliy gvardiyachilarni o‘qqa tutdi
20:28 / 07.11.2025