Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yil 1 yanvardan shifokorlar va provizorlarning Milliy palatada ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi 2020 yil 31 dekabrga qadar respublikada kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan shifokorlar va provizorlarni ro‘yxatga olish tizimini joriy etishni, shuningdek, ular to‘g‘risida umumiy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan yagona elektron ma'lumotlar bazasini yaratishni ta'minlaydi. Bu haqda prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.
Hujjatda belgilanishicha, 2021 yil 1 yanvardan shifokorlar va provizorlarning Milliy palatada ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
Milliy palata huzurida O‘zbekiston Respublikasida Sog‘liqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etiladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Kengashga Milliy palata raisi rahbarlik qiladi hamda uning tarkibi sog‘liqni saqlash sohasidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari orasidan shakllantiriladi;
Kengash sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Milliy palataning kollegial maslahat organi hisoblanadi;
Kengash tarkibi Milliy palata raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Milliy palataga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.
Milliy palata raisi mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Milliy palata raisi Milliy palata raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosar va ikki nafar o‘rinbosarga ega.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026