Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qaror: O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modeli joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Hujjat bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etishning strategik maqsadlari etib belgilandi:
umume'tirof etilgan xalqaro metodikalarga muvofiq aniqlanadigan mamlakat aholisi salomatligi ko‘rsatkichlarining barqaror yaxshilanishini va sog‘liqni saqlash tizimidan qanoatlanganlik darajasini ta'minlash;
dastlabki bosqichda mintaqada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni hamda keyinchalik sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligining jahon reytinglarida munosib o‘rinni egallash;
aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam hajmida xususiy sektor ulushini salmoqli darajada ko‘paytirish, ushbu xizmatning sifatini va undan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
milliy iqtisodiyotning byudjyetni shakllantiradigan tarmog‘i sifatida tibbiy turizmni shakllantirish, keyinchalik uning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga hissasini izchil oshirib borish;
respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, shu jumladan, boshqaruv kadrlariga xalqaro standartlarga muvofiq uzluksiz ta'lim berish va ular malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026