Jahon | 14:39 / 03.08.2018
3132
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Venesuelada muhim o‘zgarishlar kutilayotganini e'lon qildi

Foto: El Universal

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda katta o‘zgarishlar kutilayotgani haqida e'lon qildi. Bu haqda El Universal xabar bergan.

Mamlakat parlamenti Venesuelada valyuta ayirboshlash bo‘yicha biznesni qonuniylashtirishga ovoz bergach, davlat rahbari shunday bayonot bilan chiqdi. Shu vaqtgacha bunday amaliyotlar faqat davlat nazorati ostida bo‘lgan.

Ba'zi tahlilchilarning fikriga ko‘ra, valyuta ayirboshlash bo‘yicha biznesni qonuniylashtirish inflyatsiya bilan bog‘liq muammoni hal qila olmaydi va iqtisodiyotni qayta tiklay olmaydi.

Avvalroq, Maduro mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz uchun o‘z mas'uliyatini tan olishi haqida xabar bergandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela hukumati tomonidan ishlatiladigan barcha ishlab chiqarish modellari «tanazzulga» uchradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid