Prezident sog‘liqni saqlashni boshqarish sohasidagi tizimli muammolarni ma'lum qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, ushbu sohada sog‘liqni saqlashni samarali isloh qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:
birinchidan, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi oqibatida ushbu sohadagi islohotlar to‘liq bo‘lmagan shaklda va tizimsiz tarzda amalga oshirilmoqda, bu esa aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirish imkonini bermayapti;
ikkinchidan, respublika sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishda sog‘liqni saqlashni boshqarishning xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan muvaffaqiyatli tajribasi va aniq innovatsion modellari lozim darajada hisobga olinmayotganligi sohaga investitsiyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini bermayapti;
uchinchidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, eng avvalo, respublikaning xususiy sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va lozim darajada saqlash, ularning ko‘nikmalari zamonaviy talablarga muvofiqligi ustidan ta'sirchan monitoring tizimi joriy etilmagan;
to‘rtinchidan, xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash orqali davlatning sog‘liqni saqlashga xarajatlarini maqbullashtirishga, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlarini byudjyet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish tizimiga integratsiya qilishga yetarlicha e'tibor qaratilmayapti;
beshinchidan, klinik protokollar va tibbiy standartlarning mukammal emasligi, shuningdek, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi aholiga tibbiy yordamni tashkil etishga zamonaviy uslub va yondashuvlarni joriy etish imkonini bermayapti;
oltinchidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari to‘g‘risida haqqoniy ma'lumotlar, shuningdek, ishonchli tibbiyot statistikasining yagona bazasi shakllantirilmaganligi sog‘liqni saqlash tizimi ahvolini munosib baholash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bermayapti;
yettinchidan, hal etilmagan muammo va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi jamiyatda tibbiyot xodimlarining imidji va obro‘siga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda, ushbu kasb nufuzini va mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchni pasaytirmoqda.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024