O‘zbekiston | 08:49 / 03.08.2018
5927
1 daqiqa o‘qiladi

Shifokorlar va provizorlar faoliyatini yakka tartibda litsenziyalash tizimi joriy etiladi

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda shifokorlar va provizorlar faoliyatini yakka tartibda litsenziyalash tizimi joriy etiladi. 

Bu haqda prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy ta'minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati 2018 yil yakunlariga ko‘ra Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi faoliyatining samaradorligini o‘rganadi hamda 2019 yil 1 fevralga qadar muddatda uning faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, shifokorlar va provizorlar faoliyatini yakka tartibda litsenziyalash tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid