Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda 87 mln dollarlik shartnomalar imzoladi
Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi B. Po‘latov rahbarligidagi delegatsiya a'zolari Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan viloyatida safarda bo‘lib, hududlararo savdo-iqtisodiy, sayyohlik va boshqa munosabatlarni yanada kengaytirish yuzasidan tashkil etilayotgan uchrashuvlarda ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzoladi.
Safar doirasida surxondaryoliklar va Sichuan viloyati ishbilarmonlari ishtirokida biznes forum o‘tkazildi. Tadbirda mamlakatimiz janubidagi viloyatning qulay geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari, iqtisodiy va eksport salohiyati, xorijliklar uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik, investitsiyaviy muhit va imtiyozlar haqida atroflicha ma'lumot berildi.
Xitoylik tadbirkorlarda Surxondaryo viloyatida iqtisodiyot tarmoqlarini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, investorlar uchun yaratilgan imtiyoz, sharoit va qulayliklar, hududning o‘ziga xos tabiiy boyliklari katta qiziqish uyg‘otdi.
Sichuan viloyati Xitoyning zamonaviy sanoati yuksalgan hududlaridan biri sanaladi. Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Sichuandagi yirik sanoat korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ikki tomonlama to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yib, hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan o‘zaro kelishuvlarga erishdi.
Ellikdan ortiq xitoylik yirik ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan biznes forumda Surxondaryoga sanoat va qurilish mollari, energiya tejovchi texnologiyalar, elektronika, tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash yo‘nalishlariga sarmoya kiritish istagi bildirildi. Beshta yirik sanoat korxonasi bilan 87 million dollar qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan istiqbolli shartnoma imzolandi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:05 / 17.06.2026