Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondagi granit konida dinamit portladi, 12 kishi halok bo‘lgan
Hindistonning Andra-Pradesh shtati Karnul shahri atrofida granit konida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 12 nafar inson halok bo‘lgan. Bu haqida Times of India xabar qildi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 19.15da sodir bo‘lgan. Politsiya taxminiga ko‘ra, 20 nafar ishchi bo‘lgan vaqtda kon devorlariga o‘rnatilgan dinamit tekshirgichlari va yonuvchan dizel avtosisternasi portlab ketgan.
Politsiya halok bo‘lganlardan ba'zilarining shaxsini aniqlaganicha yo‘q. Huquq-tartibot organlari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlarning 70% tana qismi kuygan va ular Karnul okrugi shaharlaridagi davlat shifoxonalariga yuborildi.
Konning taqiqlangan joylarida ovqat tayyorlangan, natijada, u yerda portlash sodir bo‘lgan, deya xabar qildi nashrda.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026