Jahon | 19:35 / 04.08.2018
5865
1 daqiqa o‘qiladi

Jazirama ob-havo tufayli Fransiyada AESning 4ta energiya bloki ishi to‘xtatildi

Foto: AP

Fransiyadagi o‘ta issiq ob-havo oqibatida Electricite de France (EDF) konserni atom stansiyasining to‘rtta energiya blokini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu haqida La Parisienne nashri xabar bermoqda.

Fassenxaymdagi AES-1 bugun mahalliy vaqt bilan ertalab soat 4:09da to‘xtatildi. Asosiy sabablardan biri Elzas kanaliga chiqariladigan suv bosimining oshib ketishidir. Xalqaro standartlarga ko‘ra, suvning o‘rtacha harorati 28 daraja issiqdan oshib ketmasligi kerak. 

Bundan tashqari, shu hafta Sent-Albanada bitta va Byujyeda ikkita AES energiya bloki faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Aynan Fransiya sharqidan boshlangan jazirama ob-havo o‘tgan haftadan buyon hukmronlik qilib kelmoqda. Mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida 40 daraja issiq qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid