Sport | 19:15 / 05.08.2018
8404
2 daqiqa o‘qiladi

Baklashkalar bilan nishonga olingan «Neftchi» futbolchisi muxlislardan uzr so‘radi

Superliga 20-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Navbahor» (2:1) o‘yinining 68-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov gol urganidan so‘ng, «Navbahor» klubi muxlislari o‘tirgan sektor oldida golni nishonlagan va noloyiq hatti-harakatlarni qilgan edi. Shundan so‘ng, futbolchi «Navbahor» muxlislari tomonidan otilgan baklashkalar nishoniga aylandi.

Natijada PFL intizom qo‘mitasi musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.4 bandini buzgani uchun «Neftchi» futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov 2 million so‘m miqdorida jarimaga tortdi.

Futbolchi o‘z qilgan ishidan afsusda ekanligini ta'kidlab, «Navbahor» muxlislaridan uzr so‘radi: 

«O‘yin vaqtida futbolchi kuchli his-xayajonlar og‘ushida bo‘ladi. Ayniqsa gol urilgan vaqtda o‘z his-hayajonlarini jilovlash biroz qiyin kechadi. Derbida jamoamiz uchun muhim bo‘lgan golni urganimdan so‘ng, mana shunday his-hayajonga berilib, beixtiyor raqib muxlislari tomon yugurdim. Bu esa noto‘g‘ri qaror edi. Shu sabab «Navbahor» jamoasi muxlislaridan bu ishim uchun uzr so‘rayman», - dedi Abdulhaqov. 

Eslatib o‘tamiz, «Navbahor» futbol klubi ham muxlislarining hulqi va madaniyati borasida tegishli tartibda ish olib bormagani uchun oxirgi marta ogohlantirilgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid