Ba'zi muammolar haqida bilib tursang ham yozişga istihola qilasan. Arzimagan, maydalaşiş zarur emas narsadek tuyuladi. Lekin aholi tomonidan tuşgan murojaat uning juda dolzarb va kötarib çiqiş örinli ekanligini körsatib beradi.   

Andijon viloyati markazi bölmiş Andijon şahrida törtta katta bozor bor. Bular - “Dehqon bozori”, “Xolis” bozori, “Yangi bozor” (hozir buzilib, örniga yangi savdo majmuasi qurilmoqda) va şahar çetidagi “Jahon bozori”.

Yuqoridagi savdo majmualarining biri faqat kiyim-keçak, rözğor buyumlariga ixtisoslaşgan bölsa, yana birida faqat meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi.

Avtomaşinalardan taşqari, boşqa juda köp turdagi narsalar sotiladigan, hududi haftaning payşanba va yakşanba kunlari ulkan savdo maydoniga aylanib, vodiyning barça burçaklaridan xaridorlar lak-lak oqib keladigan eng gavjumi esa “Jahon bozori”. Maydoni ham şunga yaraşa.

Kun.uz tahririyatiga Andijondan murojaat kelib tuşdi. Unda, jumladan, şunday deyiladi: “Men vodiyning eng katta bozorlaridan biri bölgan – “Andijon jahon bozori"dagi holat haqida yozmoqdaman. Bozorda köp yilardan beri işlab kelayotgan hojatxonalar umuman talabga javob bermaydi. 10-15 yil oldin qurilgan mazkur binolar allaqaçon öz xizmatini ötab bölgan. Savdo majmuasiga köp millionlab tuşum bölsada, içki, taşqi yöllari ta'mirtalab. Bozor örtasidan ötgan katta ariq atrofi va içi axlatga töla, negadir viloyat bozorlar uyuşmasi, “bozorkom”, şahar SES (DSENM) xodimlari bu ahvolga e'tiborsiz bölmoqda. “Jahon bozori”ga zamonaviy biotualetlar zarur. Iltimos, şu murojaatimni örganib e'lon qilsangizlar. Şoyad bozorga kelgan xaridorlar uçun köngildagidek şaroitlar yaratilsa...”.