Jahon | 15:21 / 07.08.2018
2229
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya milliy kosmik agentligi faoliyatini yo‘lga qo‘yadi

Foto: Anadolu

Joriy yilning oxiriga qadar Turkiya kosmik agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, shundan so‘ng uning tuzilmasini shakllantirishga doir tezlashtirilgan jarayon boshlanadi. "Anadolu" agentligi Turkiya texnologiyalar sanoati vaziri Mustafo Varankning bayonotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Varankning so‘zlariga ko‘ra, yangi agentlik Turkiyada kosmik texnologiyalar sohasida amalga oshiriladigan barcha loyihalarni muvofiqlashtiradi va mazkur yo‘nalishdagi xalqaro aloqalarni rivojlantiradi. 

"Turkiya kosmik agentligi mamlakatning milliy manfaatlarini inobatga olgan holda, aeronavtika sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish tizimini shakllantiradi. Dastlabki maqsad - yagona markaz orqali sektor faoliyatini tartibga solish va xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish", - dedi vazir. 

Mustafo Varank kosmik maqsadlardagi loyihalar sonining oshib borayotganiga e'tibor qaratib, sohani rivojlantirish, ilmiy platformani shakllantirish va kadrlar sonini oshirish muhimligini ta'kidladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid