Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raiffeisen Bank Group banki delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif bilan kelmoqda
Foto: rbinternational
2018 yilning 9 avgust kuni Toshkent shahriga Avstriyaning Raiffeisen Bank Group boshqaruvi a'zosi Lukash Yanushevskiy boshchiligidagi delegatsiya kelmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi dasturiga ko‘ra hukumat, Markaziy bank, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, qator moliyaviy tuzilmalarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.
Jahonning eng yirik bank guruhlaridan birining vakillari o‘zbekistonlik sheriklari bilan hamkorlikning istiqbolli loyihalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, Raiffeisen Bank Group 1927 yilda tashkil etilgan. Raiffeisen’ning Sharqiy Yevropadagi birinchi filiali 1987 yilda ochilgan. 2000 yildan keyin guruh Markaziy va Sharqiy Yevropada o‘z faoliyatini kengaytirdi va 2003 yilda ushbu mamlakatlardagi sho‘'ba korxonalar Raiffeisen International’ga birlashtirildi. 2014 yilda 295 milliard yevrolik aktivlardan 122 milliard yevrosi Raiffeisen Bank International hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
08:51 / 29.11.2024
Banklar balansidagi issiqxona va sexlar tadbirkorlarga berilishi mumkin
09:59 / 23.11.2024