Sport | 22:48 / 08.08.2018
4892
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni «Metallurg»ga qarshi o‘yin bilan yakunladi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 3 avgustdan boshlab  Osiyo o‘yinlariga so‘nggi tayyorgarlik doirasida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi.

Bugun olimpiyachilar «Metallurg» klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazishdi. O‘yin bekobodliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Bellashuvda Ravshan Haydarov yig‘inga jalb qilingan barcha futbolchilar xizmatidan foydalandi.
 
Ertaga soat 21:00da terma jamoamiz a'zolari Indoneziyaga yo‘l olishadi.   Undan avval, soat 11:00da «Miran» mehmonxonasida bosh murabbiy Ravshan Haydarov bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.
 
Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqasiga 14 avgust kuni start beriladi. 

Terma jamoamizning Osiyo o‘yinlaridagi taqvimi:

14 avgust, 1-tur:
O‘zbekiston – Bangladesh
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 14:00
 
16 avgust, 2-tur:
Qatar – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
 
19 avgust, 3-tur:
Tailand – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid