Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Andijonda fuqaro MIB xodimini pichoqladi
O‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan edi. Qisqa vaqt ichida qarzdorliklarni undirishni tizimli yo‘lga qo‘yilishi natijasida hududlarda kundalik ehtiyojlar bilan bog‘lik elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta'minoti borasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda.
Lekin, Byuro xodimlari o‘z xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida energiya resurslaridan keragicha foydalanib, pulini to‘lashga kelganda tajovuzkor munosabatda bo‘layotgan fuqarolarga ham duch kelishmoqda, deyiladi Bosh prokuratura Multimedia markazining lavhasida.
Mana shunday noxush holatlardan biri joriy yilning 19 iyul kuni Majburiy ijro byurosining Andijon tuman bo‘limi davlat inspektori Bahrom Hakimqulov bilan sodir bo‘ldi. Byuro xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tumanning “Navro‘z” MFY Mehnat ko‘chasi, 52-xonadonda yashovchi Oxunovning elektr energiyasidan 650 ming so‘mlik qarzi borligini aniqlashadi.
Davlat inspektorlari tomonidan xonadon sohibiga mavjud qarzdorlikni to‘lab qo‘yishi uchun belgilangan tartibda talabnoma rasmiylashtiriladi. Xonadon egasi esa uning bir nusxasiga imzo chekishdan bosh tortib, janjal ko‘taradi. 650 ming so‘mlik qarzini to‘lab qo‘yish o‘rniga davlat inspektorining talabnomani rasmiylashtirayotganidan foydalanib, oshxonasidan pichoq ko‘tarib chiqib, davlat inspektorining qorin hamda bel qismiga ikki marta pichoq uradi. Majburiy ijro byurosining shu joyda bo‘lgan yana bir inspektori Azimov yordamga keladi va hamkasbini himoya qiladi.
27 yoshga kirgan Yodgor Oxunov oilali, 2 nafar farzandning otasi bo‘la turib, biror bir foydali ish bilan shug‘ullanmasdan shu jinoyatga qo‘l urgan. Xizmat vazifasini bajarayotgan davlat inspektoriga nisbatan sodir etgan tajovuzi uchun Oxunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Lavhada aytilishicha, 2018 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining 96 nafar xodimiga nisbatan xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida tajovuz qilingan.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
18:42 / 05.06.2026