Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan zamonaviy tizimlar joriy qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «ATLAS International AG» hamda «Jenoptik Robot GmbH» kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiluvchi zamonaviy tizimlarni joriy qilishga yo‘naltiriluvchi investitsion loyihani amalga oshirish muhokama qilindi.
Jumladan, «ATLAS International AG» kompaniyasi vakili Artur Konrad O‘zbekiston tomonini xalqaro standartlar asosida yo‘l harakati qoidalarini avtomatik qayd etuvchi foto- hamda videoaniqlash tizimlarini ishlab chiqarish va tatbiq etish bo‘yicha ma'lumot berdi.
Xususan, mutaxassis kompaniyalar «Xavfsiz shahar» dasturiy kompleksi doirasida ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiluvchi axborot tizimlarini yaratishga sarmoya kiritishga roziligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
19:13 / 12.03.2026
«Moliyaviy piramida» uchun jazo choralari og‘irlashtiriladi
09:30 / 11.03.2026
O‘zbekistonda IT-visa olish uchun yangi talablar joriy etildi
16:18 / 04.03.2026
Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi
20:51 / 02.05.2025