Toşkentda yöl örtasida bezorilik qilgan ota va öğilning ozodligi çeklandi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmiga köra, 55 yoşli ota B.U. va uning 24 yoşli öğli I.Yu. 2025 yil 16 sentabr kuni poytaxtning Yakkasaroy tumani hududida BYD maşinasida ketayotib, yölda bezorilik sodir qilişgan: ular yöl ötkazgiç ustida Gentra yölini tösib, uning haydovçisi D.S. bilan janjallaşgan.

Yölning qatnov qismidagi janjal vaqtida ota-öğil boşqa maşinalarning harakatlanişiga tösqinlik qilgan holda Gentra oynasini tepib sindirişgan. Söngra tanasining turli qismlariga zarba bergan holda D.S.ga tan jarohati yetkazişgan. Bu vaqtda Gentra’da haydovçining turmuş örtoği ham bölgan. U janjaldan söng özini yomon his qilib, homilasini yöqotganini aytgan.

Ota va öğil sudda aybiga qisman iqror bölib, Gentra haydovçisi qasddan 5-6 marta tormoz berib, avariyaviy holatni yuzaga keltirganini, janjal şu sababli kelib çiqqanini bildirgan. Şuningdek, ular yolğon körsatma bergani uçun er-xotinga nisbatan javobgarlik masalasini körib çiqişni söraşgan.

Jabrlanuvçi D.S. esa janjal vaqtida ayolining homilasi tuşib qolganini aytib, sudlanuvçilarga oğir jazo tayinlaşni söragan.

“BYD maşinasida tinimsiz signal berib, meni siqib töxtatişdi. Söng I.Yu. hamda uni otasi B.U. tuşib, meni haqoratlab, jismoniy zöravonlik işlatdi, maşinaning old oynasini sindirişdi. Men turmuş örtoğim homilador ekanini aytganimga qaramasdan, ular boş va qorin sohamga urişdi. Men maşinadan tuşmadim.

Ularning yölini tösmaganman va haqorat qilmaganman. Ular meni urgan paytda turmuş örtoğim urmasliklarini aytib, böynimdan uşlab oldi. Öşa jarayonda sudlanuvçilarning qöllari turmuş örtoğimga ham tegdi. Oqibatda u ham tan jarohati oldi. Hodisadan söng turmuş örtoğimning ahvoli yomonlaşib, şifoxonaga murojaat qilganida homilasi tuşgani ma’lum böldi”, degan Gentra haydovçisi sudda.

Şuningdek, D.S.ning turmuş örtoği homilador bölganini test qilib bilganini, öşa kuni haqiqatan homilasini yöqotganini ma’lum qilgan. Ammo dastlabki tergov va sud davomida uning homilador bölgani hamda voqea ta’siri oqibatida homilaning tuşib qolganini tasdiqlovçi dalillar aniqlanmagan. Şu sababli, sud ota va öğilni Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi “ye,k” bandlari böyiça aybsiz deb topib, jinoyat işining şu qismini tugatgan.

JIB Yakkasaroy tuman sudi hukmi bilan ota va öğil Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Ularning har biriga 2 yil ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazodan qamoqda saqlangan 5 oy 6 kun muddat çegirilib, ötaş uçun 1 yil 6 oy 24 kun ozodlikni çeklaş jazosi qoldirilgan.