Lankaster universiteti, London Universiteti kolleji va Kvin Meri Kolleji olimlarining aniqlaşiça, qurtlarda qariş organizmning çarçagani sababli emas, balki salbiy genlarning işlaşi tufayli yuz beradi. Tadqiqotçilarning fikriça, bu mexanizm odamlarda ham bor. Bu haqda EurekAlert! xabar bermoqda.

Mutaxassislarning sözlariga köra, yoş rivojlanayotgan organizm uçun norma bölgan biologik jarayonlar, nisbatan keksa yoşda rivojlanib, organizmning gomeostazasini buzadi. Natijada dementsiya, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari va surunkali obstruktiv öpka kasalligi kabi xastaliklar yuzaga keladi.

Olimlar laborator ştammlari 2-3 hafta davomida yaşaydigan Caenorhabditis elegans nematodlarida qariş belgilarini tahlil qildilar. Ma'lum bölişiça, asosiy örinni hujayra öz tarkibiy qismlarini qayta işlaydigan autofagiya jarayonida iştirok etuvçi oqsillarni kodlovçi genlar egallaydi. Bildirilişiça, nisbatan keksa yoşda autofagiya oşqozon içagi holatining jiddiy yomonlaşuvi va ölimga olib keladi.