Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning mashhur gazetasida Qoraqalpog‘iston va Orol dengizi sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Yaponiyaning mashhur "Asahi shimbun" gazetasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol dengizining sayyohlik salohiyatiga doir fotojamlanma va izohlar chop etildi. Unda O‘zbekistonning so‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgan, dunyo ahliga hali yaxshi tanish bo‘lmagan manzaralari aks etgan.
"Asahi shimbun" Yaponiyaning kuniga 5 million nusxada chop etiluvchi top-3 gazetalaridan biridir.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Yaponiya fuqarolari uchun vizalarning bekor qilinishi esa yaponlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.
Bundan avval NHK World - Japan'da O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati oshib borayotganiga doir videolavha taqdim etilgani haqida ma'lum qilingan edi. Unda uzoq yillardan keyin O‘zbekistonda sayyohlar oqimi ko‘paygani kuzatilayotgani haqida so‘z yuritilgan.
Shuningdek, Kun.uz'da yaponiyalik taniqli kinorejissyor Kiyosi Kurosava ishchi nomi "Yer chekkasi tomon" deb nomlangan filmni hamkorlikda suratga olayotgani haqida xabar berilgan. Mazkur film O‘zbekiston-Yaponiya diplomatik aloqalarining 25 yilligi va Ikkinchi jahon urushidan so‘ng qisman yapon askarlari tomonidan qurilgan Toshkentdagi Alisher Navoiy teatrining 70 yilligiga bag‘ishlanadi.
Turizm salohiyatiga doir maqolalar, videolavhalar va filmlarning ko‘payishi yaponiyalik sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish va turistlar oqimini oshirishga doir ishlarning faol olib borilayotganidan dalolatdir.
Mavzuga oid
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026