Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universitetining birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universitetiga birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi, unda bir o‘ringa 10 abituriyent da'vogarlik qildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi 3815-sonli qarori bilan Samarqand shahrida "Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universiteti faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Saidakbarxon Akbarov universitetga tashrif buyurib, ilk kirish imtihonlari oldidan abituriyentlarni qo‘llab-quvvatladi.
"Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universiteti birinchi marta abituriyentlarni qabul qilayotgan bo‘lishiga qaramay, unda o‘qish istagini bildirganlar soni 1225 kishini tashkil qildi, bu esa mamlakatda turizm sohasiga bo‘lgan qiziqishning oshib borayotganidan dalolat bermoqda. 1225 kishidan 125 nafarigina universitetga kirishi mumkin, bir o‘ringa 10 abituriyent da'vogarlik qilmoqda. 125 talabadan 42 nafari davlat granti asosida qabul qilinadi.
Universitet faoliyatini tashkillashtirishda turizm sohasidagi xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi.
Saidakbarxon Akbarov yangi universitet abituriyentlariga motivatsiya berib, test oldidan ularni qo‘llab-quvvatladi va o‘z nutqida turizm O‘zbekistonning strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanishi bois mamlakat rahbariyati tomonidan aynan shu oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilariga katta umid bog‘lanayotganini alohida ta'kidladi.
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi
Jamiyat | 20:19
-
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
O‘zbekiston | 19:39
-
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31
-
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi
Jahon | 19:18
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

15:12 / 14.07.2025
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi

14:44 / 14.07.2025
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi

20:48 / 12.07.2025