Sport | 20:53 / 12.08.2018
7736
2 daqiqa o‘qiladi

«Qo‘qon-1912» «Paxtakor» bilan durang o‘ynab, kuchli oltilikka kirish imkoniyatini pasaytirdi

Foto: FC Qo'qon-1912

Superliganing 21-turi bugun yakuniga yetadi. 12 avgustga belgilangan uch o‘yindan ikkitasi yakunlandi.

Qo‘qonga safar qilgan «Paxtakor» 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. Ushbu durang «Qo‘qon-1912»ga qimmatga tushishi mumkin, boisi Bekoboddagi parallel kechgan bahsda «Metallurg» «Qizilqum» ustidan g‘alaba qozondi – 2:1. Natijada so‘nggi tur oldidan bekobodliklar 30 ochko bilan jadvalning 6-o‘rniga, qo‘qonliklar 28 ochko bilan 7-o‘ringa joylashishdi.

Birinchi bosqichning so‘nggi turida «Qo‘qon-1912» 25 avgust kuni so‘nggi o‘rindagi «Neftchi» maydoniga safar qilsa, ertasiga «Metallurg» OTMK mehmoni bo‘ladi.

Superliga, 21-tur
QO‘QON-1912 - PAXTAKOR - 1:1
Gollar: Milich (avtogol, 51) – 0:1, Otaqo‘ziyev (75) – 1:1
QO‘QON-1912: Yusupov, Komilov, Asadov (Akramov, 88), Rustamov, Ro‘ziyev, Berdiyev (Otaqo‘ziyev, 68), Xolmuhammedov, Merzlyakov, Gojkovich (Hasanov, 56), Milich, Malikjonov
PAXTAKOR: Suyunov, Kozak, A'zamov, Simich, Sayfiyev, Ahmedov (Iskanderov, 57), Rahmatullayev, Bezerra (Tojiyev, 69), Gonsalvesh, Cheran, Sergeyev
Ogohlantirishlar: Merzlyakov (42) – Ahmedov (50), Simich (90+1), Rahmatullayev (90+4)
Hakamlar: Sh.Qosimov, R.Fozilov, M.Majidov, J.Muxtorov.
Nazoratchi: S.Ermatov.
Komissar: M.Saidqosimov.

MeTALLURG – QIZILQUM – 2:1
Gollar: Isoqjonov (3), Abdullayev (10) – Yovanovich (83)
MeTALLURG: Safoyev, Shaymanov, Isoqjonov (Nurulloyev, 16), Abdullayev, Hasanov (Pardayev, 71), Umurov, Andreyev, Fayziyev, Ismatullayev, Husinov, To‘rayev (Smolyachenko, 85).
QIZILQUM: Cheremisin, Boydullayev, Kvesiyeshvili, Qambarov, Gevorkyan, Ubaydullayev, Grigalashvili, Boymatov, Yovanovich, Nagayev (Shodmonov, 61), Mustafoyev.
Ogohlantirish: To‘rayev (51)
Hakamlar: H.Ro‘ziyev, O.Abduvosilov, T.Gaynulin, D.Klepikov.
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.
Komissar: Baxtiyor Mametov.

Mavzuga oid