Light | 22:39 / 12.08.2018
6105
2 daqiqa o‘qiladi

Mevalar yetilish vaqtida nima uchun o‘z ta'mi va rangini o‘zgartiradi?

Mevalar yetilish vaqtida nima uchun o‘z ta'mi va rangini o‘zgartiradi? Axir o‘z ko‘rinishi va mazasi bilan hayvonlarga yoqish uchun bo‘lmasa kerak. Aynan shuning uchun!

Ba'zi o‘simliklar evolyutsiya jarayonida urug‘larini shamol yordamida yoki yonidan o‘tib ketayotgan hayvonlar yungiga yopishish orqali tarqatishga moslashgan. Boshqalarining esa jonzotlarni o‘ziga ta'm orqali qaratishdan boshqa iloji yo‘q edi. Mevani yeb, hayvonlar ularning urug‘ini tarqatishgan.

Vaqt o‘tishi bilan mevalar o‘z ta'mini yaxshilab bordi – axir hayvonlar mevalarning eng mazalisini yeb, ularning urug‘ini tarqatishardi-da. Evolyutsiya jarayoni aynan shunday ishlaydi. Eng shirin mevalar daraxtlari ko‘karadi va “yashab qoladi”. Salohiyatli tarqatuvchilar diqqatini tortish uchun mevalar pishib yetilish jarayonida, urug‘i tayyor bo‘lgach, rangini o‘zgartiradi va hayvonlarga signal beradi.

Mavzuga oid