UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uçun yangi ranglar qöllay boşlaganini ma'lum qildi. 

Qayd etilişiça, yangi ranglar avtomobillarning barça modellari joriy qilingan bölib, ularga şartnoma tuziş hozirdan boşlangan.

Modellar qatoriga yangi GYM (yorqin kulrang) va GUM (töq rangli firuza) ranglari kiritildi. Yangi ranglar avval işlab çiqarilgan GJT (yaşil) hamda GQM (töq kök) ranglarning örniga joriy qilinmoqda.

“Avtomobillarning yangi ranglari bilan siz özingizning betakrorligingizni namoyon etiş imkoningiz böladi”, - deyiladi kompaniya xabarida.

2019 yilning iyul oyida ötkazilgan press-tur doirasida avtomobillarga yangi ranglar joriy qilinişi xabar berilgandi. Yangi ranglar mijozlarning buyurtmasi asosida işlab çiqariladi va 2019 yil oxirida yetkazib berila boşlanadi. Maxsus ranglardagi avtomobillarga dilerlar tomonidan buyurtmalar qabul qilinişi boşlangan.