Quyida 2025 yil garderobingizda bölişi şart bölgan asosiy ranglar bilan tanişamiz.

Iliq qahva rangi — yilning asosiy rang soyasi

Işonç va xotirjamlik hissini uyğotuvçi iliq qahva rangi 2025 yildagi asosiy trend sifatida e’tirof etildi. Universal rang bölgani uçun ofis kiyimlarida ham, kundalik liboslarda ham, keçki çiqişlarda ham mukammal tanlov hisoblanadi. Boşqa neytral yoki yorqin ranglar bilan uyğunlaşganda öziga xos jilo saqlaydi.

Qizil — energiya va jasorat timsoli

Qizil rang har qanday obrazga kuç va joziba bağişlaydi. Undan butun libosda foydalaniş şart emas — hatto kiçik detal sifatida ham obrazni jonlantiradi. Masalan, oddiy qora libosga qizil sumka yoki lab böyoği qöşiş kifoya. Psixologlar qizilni yetakçilik va özini namoyiş etiş ramzi sifatida ta’riflaydi.

Zumrad yaşil — barqarorlik va haşamat

Zumrad yaşil rang asrlar davomida boylik va obro‘ ramzi sifatida qabul qilingan. U insonda işonç va xotirjamlik uyğotadi. Rasmiy uçraşuvlar yoki tantanali marosimlarda ayni muddao. Tillarang yoki qora bilan uyğunlaşganda yanada zamonaviy va qimmatbaho körinişga ega böladi.

Apelsin — quyoş kabi iliq va hayotiy

Quyoş nurlaridek yorqin va şodlik bağişlovçi apelsin rangi bahor va yoz liboslarida alohida örin tutadi. Psixologik jihatdan u isloh qiluvçi energiya va ijobiylikni faollaştiradi.

Oç puşti — romantika va noziklik

Pastel puşti rang közni çarçatmaydi, barça ranglar bilan uyğunlaşadi va ayollik jozibasini nozik tarzda ta’kidlaydi. Bu rang tinçlik va samimiyat hissini oşiradi, kundalik hayotda yorqin emas, biroq ta’sirçan obraz yaratadi.

(Pastel ranglar – "tonlar" deb ham ataladi, bu asl rangga oq qöşiş orqali yaratilgan asosiy va ikkilamçi ranglarning yumşoqroq versiyalari hisoblanadi. Oç puşti, oç sariq kabi)

Sariyoğ sariq — quyoş va optimizm nafasi

Iliq va mayin sariyoğ sariq inson ongida quyoş va ijobiy kayfiyat bilan boğlanadi. Yozda u eng yorqin obrazlarni yaratadi, qişda esa iliqlik hissini uyğotadi.

2025 yil moda ranglari nafaqat taşqi körinişingizni, balki içki kayfiyatingizni ham özgartiradi. Tabiiy tonlar bilan yorqin aksentlarni uyğunlaştirib, şaxsiy uslubingizni yanada boyitişingiz mumkin.