Baholovchilarga toifalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligining buyrug‘i bilan baholovchilarga toifalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Baholovchilarga toifalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, baholovchilarga quyidagi toifalar beriladi:
Sertifikatlangan baholovchi;
ikkinchi toifali baholovchi;
birinchi toifali baholovchi;
oliy toifali baholovchi.
Sertifikatlangan baholovchi toifasi baholovchiga malaka sertifikati berilayotgan vaqtda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi tomonidan beriladi.
Baholovchilar ikkinchi, birinchi va oliy toifalar olish uchun kuyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim:
ikkinchi toifaga - toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi bir yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek turli baholash obektlarini baholash bo‘yicha kamida 15 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;
birinchi toifaga - toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek turli baholash obektlarini baholash bo‘yicha kamida 25ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi, shu jumladan biznes bo‘yicha;
oliy toifa - toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi besh yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek turli baholash obektlarini baholash bo‘yicha kamida 35ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi, shu jumladan biznes bo‘yicha.
Baholovchi tegishli toifani olish uchun Markazga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
a) mehnat daftarchasidan nusxa (baholovchi tashkilot tomonidan asliga to‘g‘riligi tasdiqlangan bo‘lishi lozim);
b) baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning nusxalari (baholovchi tashkilot tomonidan asliga to‘g‘riligi tasdiqlangan bo‘lishi lozim);
v) baholovchi malaka sertifikatining nusxasi;
g) toifa olish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdoridagi to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Baholovchilarga tegishli toifani berish Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan kamida 5 nafar a'zodan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tomonidan baholovchiga toifa berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
a) baholovchi toifa uchun belgilangan talablarga javob bermasa;
b) baholovchining toifa uchun belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlaridagi ma'lumotlar noto‘g‘ri yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlansa.
Baholovchiga nisbatan bir necha bor asoslangan shikoyatlar kelib tushgan taqdirda, baholovchiga toifa berilgan kundan boshlab bir yildan so‘ng Markaz toifani tasdiqlash jarayonini amalga oshirishi mumkin, sertifikatlangan baholovchi toifasi bundan mustasno.
Mavzuga oid
07:52 / 18.09.2023
Pedagoglarga toifa berishning yangi tartibi 2024 yil 1 sentabrdan joriy etiladi
07:34 / 25.07.2023
Hukumat davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi
16:13 / 27.06.2023
OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 5 ta nizom tasdiqlandi
13:48 / 17.05.2023